So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Soliq idoralarining bir nechta mansabdor shaxslari qamoqqa olindi
Soliq qoʻmitasi QQS maʼmuriyatchiligi boshqarmasi QQS toʻlovchilarini maxsus roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi hamda qoʻmitaning Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti direktori oʻrinbosari qamoqqa olindi. Bu haqda “Bugun.uz” oʻzining manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, “xufiyona” tadbirkorlik subyektlarining noqonuniy faoliyatlariga rahnamolik qilgan soliq idoralari mansabdor shaxslari hibsga olingan.
Davlat Soliq qoʻmitasi QQS maʼmuriyatchiligi boshqarmasi QQS toʻlovchilarini maxsus roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi hamda qoʻmitaning Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti direktori oʻrinbosari – QQS maʼmuriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi qamoqqa olingan.
Shuningdek, Toshkent shahar Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar shoʻbasi boshligʻi lavozimida ishlagan mansabdor ham hibsga olingan. Ular oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish hamda mansab soxtakorligi moddalari bilan gumonlanuvchi tariqasida hibsxonaga joylashtirilgan.
Fargʻona viloyati Soliq boshqarmasi QQS maʼmuriyatchiligi boʻlimi boshligʻi Jasur A. hamda mazkur boshqarma QQS maʼmuriyatchiligi boʻlimi davlat soliq katta inspektori K.S qamoqqa olingan.
Shuningdek, Fargʻona shahar soliq inspeksiyasi sayyor soliq tekshiruvlari shoʻbasi bosh inspektori A.A pora olishda gumonlanib, “olib ketilgan”.
Avvalroq sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida byudjet pullarini oʻzlashtirganlikda ayblanib qoʻlga olingandi. Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Saidahmad Sultanov yerlarni noqonuniy sotish bilan bogʻliq ish doirasida ushlangani ham maʼlum qilingandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir