So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Buxoro tumani sobiq hokimi hibsga olindi

Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrullo Joʻrayev bir nechta moddalar boʻyicha gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda “Bugun.uz” internet-nashri oʻzining manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Buxoro tumani hokimi Jinoyat kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish), 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 229-4-moddalarida (oʻzboshimchalik bilan yer berish tartibini buzish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Qayd etish kerak, Xayrullo Joʻrayev Buxoro tumani hokimi lavozimiga 2020-yilning 3-dekabr kuni tayinlangan va 3-yil davomida hokimlik lavozimini bajargan. Bungacha u “Gʻijduvon” EIZ rahbari vazifasida ishlab kelgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Voitov hibsga olinishi boʻyicha Oliy sud munosabat bildirib, sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanayotganini maʼlum qilgandi.



