So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Markaziy bankning Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi hibsga olindi
Markaziy bankning Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi Erkin Mansurov hibsga olindi. Bu haqda “Bugun.uz” internet-nashri oʻzining manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Erkin Mansurov Jinoiy guruhlar bilan til biriktirib, noqonuniy kredit ajratishga yordam bergan va juda katta miqdorda – 20 million dollardan ortiq pul mablagʻlarini oʻzlashtirishda ishtirok etgan.
Erkin Mansurov — 2012-yildan 2021-yilgacha “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat bankining Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelgan. 2021-yilda Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
U 1979-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini “Paxtabank” (hozirgi “Agrobank”) Buxoro viloyati filialidan boshlagan. Keyinchalik Markaziy bank Buxoro viloyat bosh boshqarmasiga oʻtib, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir