So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xitoyda zilzila qurbonlari soni 118 nafarga yetdi
Xitoyning shimoli-gʻarbiy qismida sodir boʻlgan zilzila qurbonlari soni 118 kishiga yetdi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, Gansu provinsiyasida 105 kishi, Sinxay provinsiyasida 13 kishi halok boʻlgan. Xuddi shu provinsiyada 20 kishi bilan aloqa uzilgan, yana 182 kishi jarohatlangan.
Bundan tashqari, tabiiy ofat hududida suv taʼminoti, elektr energiyasi, transport, aloqa va boshqa infratuzilma obyektlarining bir qismi zarar koʻrgan.
Xitoy Xalq Respublikasi Moliya vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Gansu va Sinxay provinsiyalariga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 200 million yuan (taxminan 28 million dollar) ajratdi.
Seshanba kuni Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikkinchi darajali zilzila oqibatlarini bartaraf etish rejimini joriy qildi. Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, tabiiy ofat hududiga 1440 nafar oʻt oʻchiruvchi va qutqaruvchi safarbar etilgan.
Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni soat 23:59 da (Toshkent vaqti bilan 20:59) Xitoy shimoli-gʻarbidagi Gansu provinsiyasi Linsya Xuey avtonom prefekturasi, Jishishan-Baoan-Dunsyan-Salar avtonom okrugida 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir