So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namangan viloyat hokimining oʻrinbosari – Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi
Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻrinbosari Saidahmad Sultanov yerlarni noqonuniy sotish bilan bogʻliq ish doirasida qoʻlga olingan. Bu haqda Bugun.uz xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, bugun Namangan viloyati hokimligida oʻtkazilgan navbatdan tashqari sessiyala Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan Gʻofir Jamolov viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Aynan ushbu lavozimda bungacha Saidahmad Sultonov faoliyat olib borayotgan edi.
Maʼlumot uchun, Saidahmad Sultanov 1976-yili Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1998-yili Namangan muhandislik-iktisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog.
Mehnat faoliyatini 1998-yilda Namangan tumani davlat kadastri boʻlimi yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. 2001—2012-yillar davomida viloyat va Namangan shahar kadastr korxonalarida turli lavozimlarda ishlagan. 2012—2018-yillarda Namangan shahar hokimining oʻrinbosari boʻlgan. Hokim oʻrinbosari lavozimiga tayinlanishidan oldin 2018-yildan Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Avvalroq sobiq Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov korrupsiyaviy jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida byudjet pullarini oʻzlashtirganlikda gumonlanib, qoʻlga olingani xabar qilingan edi.