So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda yana bir hokim hibsga olindi
Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida byudjet pullarini oʻzlashtirganlikda ayblanib, qoʻlga olingan. Bu haqda Bugun.uz manbasi xabar bermoqda.
Shuhrat Mirzayev Toshkent viloyati Bekobod tumaniga hokim boʻlishdan avval “Qishloq qurilish bank” Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
U 1982-yilda Toshkentda tugʻilgan boʻlib, Toshkent moliya instituti (2004), Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali (2007) hamda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini (2009) tamomlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov hibsga olingan edi. Maʼlumot uchun, Shuhrat Mirzayev Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan. Unga 2022-yilning 5-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda hayfsan berilgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir