So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Pentagon Xusiylarga qarshi maxsus operatsiya boshlaydi — The War Zone
AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin kelasi hafta Yaqin Sharqqa safari chogʻida Qizil dengizdagi xusiylar tahdidlariga qarshi turish uchun “Prosperity Guardian” operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrish jarayoni boshlanganini eʼlon qiladi. Bu haqda The War Zone Pentagon vakiliga tayanib.
Kelgusi hafta boshida Harbiy havo kuchlari birlashgan shtab boshliqlari raisi general Braun bilan mintaqaga tashrif buyuradigan Ostin “Prosperity Guardian” operatsiyasi boshlanganini eʼlon qiladi.
“Bu xalqaro dengiz xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan xalqaro operatsiya”, — deya iqtibos keltirdi nashr.
Materialda aytilishicha, bir kun avval Amerika esminetsi Qizil dengizda savdo kemasi tomon ketayotgan 14 ta dronni urib tushirgan.
Keyinroq AQSH Markaziy qoʻmondonligi dronlar Yamanning xusiylar nazorati ostidagi hududlaridan uchayotganini maʼlum qildi.
Xusiylar avvalroq Isroil bilan bogʻliq har qanday kemaga hujum qilish niyatlari haqida ogohlantirib, boshqa davlatlarni oʻz ekipajlarini ulardan chaqirib olishga va dengizda ularga yaqinlashmaslikka chaqirgan. Shundan soʻng, bir qator yuk tashish kompaniyalari Qizil dengiz orqali tashishni toʻxtatishga qaror qildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir