So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
“Voqeani Tanzila Norboyeva shaxsiyati bilan bogʻlab talqin qilinayotganiga tushunmayapman” – Senat raisining qizi oʻgʻirlikni onasidan yashirgani maʼlum boʻldi
Oʻgʻirlik sodir etilgan uy haqiqatdan Norboyevaga tegishli boʻlib, u davlat tomonidan, Senat raisi lavozimidagi faoliyati davri uchun berilgan, lekin uyda uning oʻzi emas, qizi yashab kelayotgan boʻlgan.

Tanzila Norboyevaning qizi, Mirzo Ulugʻbek tumanida istiqomat qiluvchi N.K. boʻlib oʻtgan hodisalarni onasidan yashirganini, gumonlanuvchi ayol qamoqdan chiqishi uchun IIBga yozgan arizasini qaytarib olganini maʼlum qildi. Human.uz internet-nashri N.K. bilan bogʻlanib, holat boʻyicha izoh soʻradi.
«Uydagi pulning yoʻqolgani haqida 18-noyabr kuni bildim va darhol turmush oʻrtogʻimga xabar qildim. Ertasi kuni, yaʼni 19-noyabr sanasida Mirzo Ulugʻbek tumani IIBga sodir boʻlgan oʻgʻirlik jinoyati xususida ariza berdik. Koʻrsatmalar eshitildi. Barcha fuqarolar kabi oʻz huquqimizdan foydalandik. Boʻlgani shu!
Tergov organlari tergov harakatlarini qay tarzda olib borganligi borasida maʼlumotga ega emasman, faqat jabrlanuvchi sifatida qatnashganman, shuning uchun qonunda belgilangan tartib-taomilga muvofiq ravishda olib borilganligiga ham baho bera olmayman. Bu yerda qandaydir aralashuvlar toʻgʻrisidagi fikrlar mutlaqo oʻrinsiz!», degan N.K.
Senat raisining qizi boʻlib oʻtgan holat haqida onasidan yashirgan, u voqealar aynan Tanzila Norboyeva shaxsiyati bilan bogʻlanayotganiga keskin eʼtiroz bildirgan.
«Yoʻq. Nega aytishim kerak? Hammaning oʻz oilasi, tashvishi bor. Shu oʻrinda bu voqeani nega Tanzila Narbayeva bilan bogʻlab talqin qilinayotganligini umuman tushunmayapman.
Mening ham hamma qatori oʻz oilam, hayotim va huquqlarim bor! Bunday holat istalgan odam bilan sodir boʻlishi mumkin axir. Har qanday fuqaro kabi men ham oʻz buzilgan huquqlarimni tiklash haqida tegishli ravishda murojaat qilish huquqiga egaman. Mana shu huquqimdan foydalandim xolos», deya izoh bergan N.K.
Norboyevaning qizi shuningdek, gumonlanuvchiga qoʻllangan qamoq ehtiyot chorasi oʻzgartirilishi uchun arizani qaytarib olganini maʼlum qilgan.
“Toʻgʻrisi, tergovda unga nisbatan sud tomonidan qamoq chorasi qoʻllanilganidan xabarim yoʻq edi. Buni oʻtgan shanba, 10-dekabr kuni bildim. Keyin turmush oʻrtogʻim Ichki ishlar idorasiga borib arizani qaytarib oldi. Chunki u ayol kishi, farzandlari bor. Shuni oʻyladik. Qolgani endi u ayolning vijdoniga havola!”, degan N.K.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalarida Senat raisi Tanzila Norboyevaga tegishli boʻlgan uyda ishlagan enaga tomonidan oʻgʻirlik jinoyati sodir etilgani toʻgʻrisida xabar berilgan edi.
Shundan soʻng N.K IIBga ariza qoldirgan, ayol katta ehtimol bilan aybini boʻyniga olishi uchun IIB tergovchilarining qiynoq va bosimlariga uchragan. Bu haqda noligan ayol 7-dekabr kuni oʻziga nisbatan bosim oʻtkazgan tergovchilarga chora koʻrish haqida ariza yozgan.
Holat haqida inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ishdagi jabrlanuvchi – Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizi ekanligini va uydan pul oʻgʻirlashda gumonlanayotgan ayol 2-dekabr kuni soat 23:45da Toshkent shahar sudi sudyasi M. Kukiyev tomonidan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish boʻyicha ajrim chiqarganini ochiqladi. N.K. ayolni qamoqdan chiqarish uchun yozgan arizasini qaytarib olgan, hozirda ayol yashash uyida boʻlib turibdi.
Maʼlumot oʻrnida, Doʻrmondagi maxsus qoʻriqlanuvchi uylardan birida oʻgʻrilik sodir etilgani va uy Tanzila Norboyevaga tegishli ekani tasdiqlandi. Oʻgʻirlik sodir etilgan uy haqiqatdan Norboyevaga tegishli boʻlib, u davlat tomonidan, Senat raisi lavozimidagi faoliyati davri uchun berilgan, lekin uyda uning oʻzi emas, qizi yashab kelayotgan boʻlgan.




Izohlar 3

Иван Васильевич
2022-Dec-15 03:27
Ko'chimov Alisher
2022-Dec-15 11:39