So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Tahoe-2” haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Margʻilon shahrida 14-dekabr kuni sodir boʻlgan “Tahoe-2” hamda “Tiso” rusumli transport vositalari ishtirokidagi YTX yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 14-dekabr kuni soat 13:00 lar chamasida Margʻilon shahar A.Yassaviy-Tinchlik koʻchalari kesishgan chorrahasi avtomabil yoʻlida fuqaro M.Yu “Tahoe-2” avtomashinasini boshqarib ketayotib, oʻziga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib, ushbu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.T. boshqaruvidagi “Tiso” rusumli avtomashinaga urilib, yoʻl ulov hodisasini sodir etgan.

Natijada “Tiso” rusumli avtomashina haydovchisi S.T. va yoʻlovchisi A.Q. tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga murojaat qilgan.
Margʻilon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorining bergan maʼlumotnomasiga koʻra, S.T. da ogʻir tan jarohati – bosh miya chayqalishi, bosh miya travmasi, chap oyoq sinishi va boshqa jarohatlari borligi hamda yoʻlovchi A.Q.da chap boldir suyagi yopiq sinishi jarohatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.