So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qirgʻizistonda oʻzini “yangi Xudo” va “xaloskor” deb eʼlon qilgan erkak qoʻlga olindi
Diniy adovat qoʻzgʻash ishi boʻyicha olib borilgan tergov harakatlari doirasida oʻzini “yangi Xudo” deb eʼlon qilgan Qirgʻiziston fuqarosi Abdildayev Arstanbek Beishenaliyevich (Arstan Alay nomi bilan mashhur) qoʻlga olindi. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, diniy vaziyatni yaxshilash boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish maqsadida, shuningdek, Qirgʻiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 330-moddasi “Diniy adovatni (nifoqni) qoʻzgʻatish” bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida Norin viloyati, 1968-yilda tugʻilgan Abdildayev Arstanbek Beyshenalievich qoʻlga olingan.
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishga Abdildayevning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari, shuningdek, uning kitoblari va risolalarida diniy va dinlararo adovatni qoʻzgʻatishga, fuqarolarning oʻziga xosligini diniylik asosida targʻib qilishga qaratilgan chaqiriqlar borligi haqida olingan maʼlumotlar asos boʻlgan.

“U oʻzini “yangi Xudo”, “Xaloskor” deb hisoblab, boshqa dinlar, eʼtiqod va qarashlarni past, zaif va notoʻgʻri xayolparastlik deb biladi va ularga salbiy baho beradi”, — deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xabarida.


Chuy viloyatida yashash joyidagi tintuvlar va maʼruzalar (mantralar deb ataladigan) oʻtkazish natijasida katta miqdordagi adabiyotlar (xususan, kitoblar, risolalar va daftarlar), kompyuterlar va elektron saqlash vositalari musodara qilingan.


Oʻtkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijalariga koʻra, Arstanbek Abdildayev Qirgʻiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining tergov izolyatoriga joylashtirildi.