So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Maktab direktorlarini tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi” — Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” aʼzolari uchun “Zamonaviy taʼlim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda.
Seminar-treningda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda “Direktorlar kengashi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishdan koʻzlangan maqsadlar, kutilayotgan natijalar, uning taʼlim tizimini samarali, ochiq va shaffof tarzda tashkil etishdagi oʻrni va ahamiyati haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

“Tizimda amalga oshirilayotgan koʻplab islohotlar bugun taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.
Bu yoʻldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda oʻz ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim boʻladi. Bugungi trening ayni shu yoʻlda yana bir qadam boʻladi, deb oʻylayman.
Tizimni bir kunda oʻzgartirib boʻlmaydi. Lekin bir jamoa boʻlib harakat qilsak, albatta rejalarimizni roʻyobga chiqara olamiz”, — deydi vazir.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — maktab taʼlimi tizimi boshqaruvida jamoatchilik rolini hamda “Direktorlar kengashi” faoliyati samaradorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, Kengash aʼzolarining kasbiy salohiyatini yuksaltirishdan iboratdir.

“Direktorlar kengashi” aʼzolari uchun oʻtkazilayotgan oʻquv seminar-trening tadbirlari joriy yilning 16-dekabriga qadar davom etadi.
Maʼlumot oʻrnida, “Direktorlar kengashi” Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri buyrugʻi asosida joylardagi eng tajribali umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlaridan iborat tarkibda tuziladi.
U umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash boʻyicha tavsiya beruvchi maslahat organidir. Kengash tavsiyalari vazirlikning hududiy boshqarmalar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
“Direktorlar kengashi” umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonlarida samarali boshqaruvni amalga oshirish, meʼyoriy-hujjatlarga rioya qilinishi monitoringini olib borish va tegishli takliflar ishlab chiqishni tashkil etadi.
Kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida yuritadi va oshkoralik tamoyiliga amal qiladi, faqatgina Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga toʻgʻridan-toʻgʻri hisob beradi.
Kengash aʼzolari soni hududdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sonidan kelib chiqqan holda direktorlar orasidan 7 nafardan 11 nafargacha etib belgilanadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir