So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Quvasoy TTB boshligʻi pichoqlandi
Fargʻona viloyatida fuqaro tibbiyot birlashmasi boshligʻini pichoqladi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 11-dekabr kuni Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasida fuqaro N.A. ushbu birlashma boʻlim boshligʻi X.N. bilan oʻzaro kelishmovchilik sababli janjallashib, yonida boʻlgan pichoq bilan X.N.ga ogʻir tan jarohati yetkazgan.
Holat shu kunning oʻzida Quvasoy shahar IIB tomonidan tegishli tartibda roʻyhatga olinib, voqea joyiga tergov-tezkor guruhi oʻz vaqtida yetib borgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan JKning 104-m. 2-q. “l” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Gumon qilinuvchi N.A. JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishi viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan boʻlib, yakuniga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.
Shuningdek, Quvasoy shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida kunduzgi va tungi reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilayotganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.