So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mozori Sharifda Oʻzbekiston – Afgʻoniston ishchi komissiyasining toʻrtinchi majlisi boʻlib oʻtmoqda
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyani Hayraton shahrida Balx viloyati gubernatorining oʻrinbosari Abu Idris hamda boshqa rasmiylar kutib olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni vaqtda Balx viloyati gubernatori qarorgohida ikki davlat oʻrtasida chegaraoldi savdo-iqtisodiy hamkorlik Qoʻshma komissiyasining toʻrtinchi yigʻilishi doirasida viloyat rahbari Ulugʻbek Qosimov va Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo boshchiligidagi ikki tomon delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi rasmiy muzokaralari boʻlib oʻtmoqda.

Unda savdo, transport, temir yoʻl va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, geologiya yoʻnalishida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish, tabiiy pardozbop toshlar xomashyosini hamkorlikda qayta ishlash, qumli chang shamollarining salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida Amudaryo boʻyiga tutash hududlarda “Yashil belbogʻ” himoya oʻrmonzorlari barpo qilish masalalari muhokama qilinmoqda.


Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham ishtirok etmoqda.

Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir