So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Gibrid shaklida ishlayotgan “Chilonzor” 5-sonli issiqlik markazi faoliyati haqida maʼlumot berildi
“Chilonzor” 5 sonli issiqlik markazi poytaxtliklarga issiqlik energiyasini barqaror yetkazib bermoqda, deya xabar bermoqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, mazkur energoobyekt Prezidentning bevosita koʻrsatmasiga asosan “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ bosh pudratchiligida qisqa fursatlarda mukammal taʼmirlanib, issiqlik energiyasini gibrid tizimida ishlab chiqarishga moslashtirilgan.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi yashash sharoitlarini yaxshilash hamda qishga tayyorgarlik ishlari doirasida Uchtepa tumanidagi “Chilonzor” 5-sonli issiqlik markazida amalga oshirilgan taʼmirlash va modernizatsiya ishlari va hozirgi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Prezident bundan roppa-rosa bir yil oldin bu yerga kelganida ahvol juda ayanchli edi. Bu markaz 1969-yilda qurilgan, shundan buyon kapital taʼmirlanmagan.
Qozonxona ham, tarmoqlar ham eskirgan boʻlgan. Oʻtgan qishda havo keskin sovigan paytlarda issiqlik ishlab chiqarish muammo boʻlgandi. Shu bois Prezident tarmoqlarni taʼmirlash va barqarorligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar bergandi.
Shundan soʻng, Prezident bergan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ korxonasi tomonidan oʻtgan davr davomida markazni kompleks modernizatsiya qilish ishlari olib borilib, zamonaviy energoinshoot bunyod etildi.
Majmua qozonxonasi jami 700 Gkal quvvatga ega, mingdan ortiq koʻp qavatli uy va 400 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga issiqlik yetkazib beradi.
Majmua qozonxonasi jami 700 Gkal quvvatga ega, mingdan ortiq koʻp qavatli uy va 400 dan ziyod ijtimoiy muassasalarga issiqlik yetkazib beradi. Joriy yilda mazut xoʻjaligi va sigʻimlari qurilib, qozonlarning ikkitasi aralash shaklda - gaz va mazutda ishlaydi.

Bular natijasida qozonxona va tarmoq sovuq haroratda ham barqaror ishlaydi. Bunday paytlarda zahiralangan mazutdan ishlatiladi. Quvurlar izolyatsiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yoʻqotilishi ham kamaygan.

Bu kabi ishlar Shayxontohur tumanidagi “Gʻarbiy” 3-sonli issiqlik markazida ham amalga oshirilgan boʻlib, bugungi kunda ushbu markazning barqaror faoliyat olib borishi taʼminlanmoqda.

Eʼtiborlisi, qurilmaning gibrid shaklida ishlashi anomal sovuq ob-havo sharoitida ham, mazut yoqish evaziga isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash imkonini beradi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir