So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Fargʻona vodiysiga beriladigan benzin hajmi oshiriladi — “Oʻzbekneftgaz”

Fargʻona vodiysi viloyatlariga benzin hajmi oshirilmoqda, deya xabar bermoqda “Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 13-dekabr kuni “Oʻzbekneftgaz” tomonidan Fargʻona vodiysidagi AYOQSHlarga jami 929 tonna jumladan, Andijon viloyatida 503 tonna, Namangan viloyatida 202 tonna va Fargʻona viloyatida 224 tonna benzin yetkazib berilgan.
Bundan tashqari, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobenzinning asosiy qismi Fargʻona vodiysi isteʼmolchilariga yetkazib berilgan.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan import asosida “SDK Group And“ korxonasi tomonidan olib kelinayotgan AI-92 K5 rusumidagi avtobenzin hajmi oshirilgan.
“Havo haroratining keskin tushib ketishi va Fargʻona vodiysida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga qoʻyilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli Andijon, Namangan va Fargʻona viloyati isteʼmolchilarining avtobenzinga boʻlgan talabi taklifga nisbatan keskin oshdi.
Yuzaga kelgan mazkur ortiqcha talablarni qondirish maqsadida bugungi kunda Buxoro va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlarining avtobenzin ishlab chiqarish quvvatlari 3,3 ming tonnadan 4,0 ming tonnaga oshirildi yoki oʻrtacha kunlik 700 tonna qoʻshimcha avtobenzin ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.
Bu bilan ichki bozorda birja savdolariga chiqariladigan avtobenzin miqdori savdosini oshirishga erishildi.
Oʻtgan 2022-2023-yilgi anomal sovuq davridagi talablardan kelib chiqib, Fargʻona vodiysidagi AYOQSHlarga yetkazib beriladigan kunlik avtobenzin hajmi 400 tonnadan oʻrtacha 800 tonnaga oshirildi.
Buning uchun talab etiladigan 7,8 ming tonna avtobenzin zaxirasi Fargʻona vodiysi uchun safarbar etildi”, — deyiladi xabarda.



