So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryoda “Tez yordam” haydovchisi kaltaklandi
Qashqadaryo viloyatida bermorning oʻgʻli “Tez tibbiy yordam” haydovchisini kaltakladi. Bu haqda viloyat SSB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Chiroqchi tumani “Tez tibbiy yordam” boʻlimiga shu yilning 12-dekabr kuni soat 17:10 da “Qahramon” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Xoʻjaqoʻrgʻon qishlogʻida yashovchi, 1962-yilda tugʻilgan ayol tomonidan qon bosimining koʻtarilishi shikoyati bilan chaqiriq berilgan. 8 kilometrlik masofaga “Tez tibbiy yordam” brigadasi soat 17:24 da yetib borgan.
Xonadonda bemorning oʻgʻli ekanligi taxmin qilinayotgan shaxs “Tez tibbiy yordam” haydovchisi bilan janjallashib, uning yuz qismiga jarohat yetkazgani aytilmoqda.
“Shunday vaziyatda ham tibbiy brigada aʼzosi boʻlgan hamshira oʻz burchini bajarib, avval bemorga, soʻng haydovchiga birinchi yordam koʻrsatgan. Avtomashinani chaqiriqdan ortiga qaytarish uchun boshqa haydovchi chaqirtirishga toʻgʻri kelgan.
Holat yuzasidan ichki ishlar idoralariga xabar berilgan. Ayni paytda vaziyat viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi nazoratiga olingan”, — deyiladi xabarda.