So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Bloger Emine-Lemara Mirzaahmedova uzoq muddatga “kesildi”

Ijtimoiy tarmoq faoli, bloger Emine-Lemara Mirzaahmedova 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Abidov maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudining 2023-yil 12-oktyabrdagi hukmiga muvofiq Lemara Mirzaahmedova (1976-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, oilali, 2 nafar farzandi bor, bloger, muqaddam sudlanmagan) Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 463-moddasi (ayblov hukmi chiqarish asoslari) 3-qismi 2-bandiga asosan javobgarlikdan ozod qilindi.
Shuningdek, L. Mirzaahmedova Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllanilib, 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 61 (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
“Mirzaahmedova va uning himoyachilari tomonidan apellyatsiya tartibida berilgan shikoyatlar koʻrib chiqilib, Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 13-dekabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi oʻzgarishsiz va shikoyatlar qanoatlantirilmasdan qoldirildi”, — deyiladi xabarda.



