So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Turizmdagi ogʻriqli nuqta yohud masʼullar loqaydligi

Prokuratura organlari tomonidan turizm sohasiga oid qonunchilik ijrosi ustidan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda 25 mln.dan ziyod xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun meʼyorga asosan oʻrtacha 12,5 mingta SGSHga ehtiyoj mavjud.
Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida 2019-2021-yillarda SGSHlar qurish uchun yer uchastkalari auksionsiz berilgan. Ushbu imtiyozdan ayrim “tadbirkorlar” umuman foydalanmagan boʻlsa, ayrimlari uddaburonlik bilan foydalangan.
Ushbu tartibga asosan hokimliklar tomonidan 485 ta yoki har toʻrtta murojaatlardan uchtasiga yer uchastkalari ajratilmagan. Ajratilganlarida esa SGSHlar qurilishi, ishga tushirilishi oʻrganilmagan yoki masʼullar tomonidan bu borada noqonuniy qarorlar qabul qilingan.
Yoki, SGSH uchun ajratilgan 41 ta yer maydonida savdo, maishiy xizmat va ovqatlanish maskanlari qurilib, ularga egalik huquqi noqonuniy rasmiylashtirib berilgan.
Jumladan, Samarqand shahri va Mirobod tumanida 1 tadan, Angren 2 ta, Uchtepa va Parkentda 3 tadan, Olmaliq shahri, Guliston va Oqoltinda 4 tadan, Mirzaobodda 8 ta va Sardobada 11 ta shunday holat aniqlangan. Shu jumladan, yer uchastkalari oʻlchamiga (80-100 m2) qoʻyilgan talablar ham qoʻpol ravishda buzilgan.
Masalan, hojatxona uchun Mirzaobodda “M.T.” fermer xoʻjaligi va fuqaro S.K.ga 1 gektardan, fuqarolar S.X. va B.J.ga 0,8 gektardan yer maydoni ajratib berilgan.
“Aniqlangan holatlar yuzasidan kadastr va qurilish boʻlimlari masʼullariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi xabarda.



