So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
“Yalangʻoch qilib, rasmingni eringga yuboramiz” – Tanzila Norboyevaga tegishli uydan pul oʻgʻirlaganlikda gumonlangan ayol tergovda qiynoqqa solingan
Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan xonadonlarning birida sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati bilan bogʻliq xabarlarga munosabat bildirdi.

Bugun 14-dekabr kuni ommaviy axborot vositalarida Senat raisi Tanzila Norboyevaga tegishli boʻlgan uyda yashagan enaga tomonidan oʻgʻirlik jinoyati sodir etilgani maʼlum qilindi.
Enaga ayol katta ehtimol bilan aybini boʻyniga olishi uchun IIB tergovchilarining qiynoq va bosimlariga uchragan boʻlishi mumkin. Bu haqda noligan ayol 7-dekabr kuni oʻziga nisbatan bosim oʻtkazgan tergovchilarga nisbatan chora koʻrish haqida ariza yozgan.
Holat haqida inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ishdagi jabrlanuvchi – Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizi ekanligini va uydan pul oʻgʻirlashda gumonlanayotgan ayol 2-dekabr kuni soat 23:45da Toshkent shahar sudi sudyasi M. Kukiyev tomonidan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish boʻyicha ajrim chiqarganini ochiqladi.
IIV matbuot xizmati ushbu holat boʻyicha bergan maʼlumotida haqiqatda joriy yilning 18-noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Doʻrmon yoʻli koʻchasida joylashgan fuqaro N.K. (Tanzila Norboyevaning qizi)ga tegishli xonadonda maʼlum miqdordagi pul mablagʻlari yashirin ravishda talon-toroj qilinganini bayon etdi.
“Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan 25-noyabr kuni JKning 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchilarni huquqlari buzilishiga oid murojaati boʻyicha IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Tergov ishlari yakuni boʻyicha jamoatchilikka qoʻshimcha axborot beriladi”, deyiladi IIV bayonotida.
“Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov tergovchilar ayolni yechintirishga majburlaganini, uning yalangʻoch holatdagi suratlarini eriga yuborish boʻyicha qoʻrqitilgani toʻgʻrisida shunday yozdi:
“Jamiyatimizga bir shikoyat nusxasi kelib tushdi. Unga koʻra, shu yilning 2-dekabr kuni fuqaro D. T. nufuzli bir xonadondan 12 500 AQSH dollari miqdoridagi pulni oʻgʻirlashda ayblangan. U shu xonadonda enaga edi.
Gumonlanuvchini 2-dekabr kuni soat 23:10 da JPKning 227-moddasi asosida ushlashgan, uni oʻgʻirlikda ayblashmoqda. Oradan yarim soat ham oʻtmay 23.45 da jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi M.Kukiyev enagani qamoqqa olishga (kosmik tezlikni qarang!) sanksiya bergan.
Men hamma qatori sudyalar ham tunda uxlaydi, deb sodda oʻylarkanman. Ularni uygʻoqlikka chorlovchi Oliy sud plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi qarori bor ekan. Qarorga koʻra, sudya kechiktirib boʻlmaydigan ishlar boʻyicha sutkaning istalgan paytida ochiqmi-yopiqmi sud oʻtkazib, sanksiya beraverarkan. Qoyil!
Soʻzlarimda kesatiq yoʻq, azbaroyi tezkorlikdan hayajonlanib ketdim. Shu hayajon ichida gumonlanuvchining Toshkent shahar prokuroriga tergov organining zugʻum oʻtkazgani, “hozir yalangʻoch qilib, rasmingni eringga yuboramiz”, degan murojaati ham esimdan koʻtarilibdi.
Boshingizni qotirmayman, qisqasi jabrlanuvchi - ayollar huquqlari himoyasi bilan tanilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning qizlari! Mening ham amaldor boʻlgim kelib ketdi: qarang, amalingiz boʻlsa, ishlaringiz qanday tez yurishib ketadi”.
Kun.uz maʼlumotiga koʻra, ayni vaqtda gumonlanuvchi ayol oʻz uyida boʻlib turibdi. Tergovda ayolga nisbatan ayb qiynoq yoʻli bilan qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Eʼtiborlisi, bu holat Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan bogʻliqligi esa jamoatchilikda turli noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ertaga, 15-dekabr kuni AOKAda IIV Axborot xizmati tomonidan “Jamoat tartibini saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi, tizimni axborotlashtirish masalalari, mavjud muammolar va ularning yechimi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazish rejalashtirilgan. Unda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan holatga IIV amaldorlari tomonidan matbuot anjumanida rost javoblar berilishi kerak.




Izohlar 8

Абдурахмонов Бахромбек
2022-Dec-15 00:59
Иван Васильевич
2022-Dec-15 01:04
Xalaskor
2022-Dec-15 01:53
Mo'min
2022-Dec-15 01:57
Турсунова Наргиз
2022-Dec-15 07:39
Алишер
2022-Dec-15 12:22
Abdullayev Og‘abek
2022-Dec-15 18:26