So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Huquq tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari 24 soatlik ish tartibiga oʻtkaziladi — Prezident

Shavkat Mirziyoyev raisligida qish mavsumini betalafot oʻtkazish boʻyicha vazifalarning bajarilish holati muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda ayrim hududlarda energetika tizimida kuzatilayotgan muammolar muhokama qilindi. Prezident ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarga alohida eʼtibor qaratdi.

Masalan, Namangan viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida gaz kamaygan. Andijon viloyatining Baliqchi, Paxtaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida havo sovushi bilan elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolar koʻpaygan. Qashqadaryo viloyati Gʻuzor va Kasbi tumanlarida chiroq koʻp oʻchayotgani maʼlum qilingan.
Davlat rahbari bunday kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida oldini olish lozimligi yana bir bor taʼkidlab oʻtdi.
Elektr tarmoqlari va gaz taʼminoti mutasaddilariga avariya brigadalarini shay holatga keltirib, tunu kun ishlashini taʼminlash, zarur vosita va materiallar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha topshiriq berildi.

Hududlardagi omborlarda turgan koʻmirni aholiga va ijtimoiy sohaga yetkazilishini kundalik nazoratga olish, isitish tizimi davlat-xususiy sherikka oʻtkazilgan obyektlarda zarur koʻmir zaxirasini yaratish kerakligi aytildi.
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, qonunga xilof holatlarni cheklash muhimligi ham koʻrsatib oʻtildi.
Bugundan boshlab barcha huquq tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari 24 soatlik ish tartibiga oʻtishi belgilandi.
Yigʻilishda Yangi yil bayrami oldidan aholi farovonligi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etiladi. Narx-navolarni asossiz oshirishga urinish Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinadi. Yigʻilishda qishga tayyorgarlik boʻyicha Hukumat komissiyasi va boshqa mutasaddilarning hisoboti eshitildi.



