So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Toshkent shahridagi mahallalarga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi yashash sharoitlari, qishga tayyorgarlik va obodonchilik ishlarini koʻrish maqsadida 12-dekabr kuni Toshkent shahridagi mahallalarda boʻldi.
Prezident matbuot xizmatiga koʻra, davlat rahbari dastlab “Toshkent issiqlik markazi” korxonasining Uchtepa tumanidagi issiqlik markaziga borgan.

Qayd etilishicha, Prezident bundan roppa-rosa bir yil oldin 1969-yilda qurilgan markazga kelgan va ungacha bu yerda ahvol juda ayanchli boʻlgan.

Aynan oʻtgan qishda havo keskin sovigan paytlarda issiqlik ishlab chiqarishda bir nechta muammolar yuzaga kelganligi tufayli Mirziyoyev tarmoqlarni taʼmirlash va barqarorligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan. Prezidentning bu galgi tashrif chogʻida mutasaddilar shu haqda axborot berishgan.
“Joriy yilda mazut xoʻjaligi va sigʻimlari qurilib, qozonlarning ikkitasi aralash shaklda – gaz va mazutda ishlashga moslashtirilgan. Bular natijasida qozonxona va tarmoq sovuq haroratda ham barqaror ishlaydi. Bunday paytlarda zaxiralangan mazutdan ishlatiladi. Quvurlar izolyatsiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yoʻqotilishi ham kamaygan”, — deyiladi xabarda.
Markazga tashrifdan soʻng, davlat rahbari shu yerda Toshkent shahri va Uchtepa tumani mutasaddilari bilan muloqot qildi.

Muloqot chogʻida mahallalardagi yangi “yettilik” tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy masalalarni aholi talabi asosida joylarning oʻzida hal etib, odamlarni rozi qilish zarurligi taʼkidlangan.
“Qishga tayyorgarlik boʻyicha koʻrilgan choralarni ham odamlar sezishi kerak. Issiqlik markazlari va tarmoqlardagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etib borish, bino va xonadonlarda issiqlikni asrash dolzarb vazifa ekani qayd etildi”, — deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 4-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli taʼtilga chiqqandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir