So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Xalq banki” xodimi 750 mln soʻmni 1Xbetʻda yutqazib qoʻygan

“Xalq banki” xodimi 750 million soʻm pensiya pullarini qimor oʻynab, yutkazib qoʻygan. Bu haqda bank raisining oʻrinbosari Farrux Roʻziyev korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Farrux Roʻziyevning aytishicha, bank tizimida pensiya pullarini tarqatish sohasida talonchilik holatlari uchrab turadi.
“Bugungi kunda pensiyalarning 30 foizi naqd pulda toʻlanadi. Pensiya tarqatuvchi aksariyat xodimlar yoshlardan iborat. Yoshlar oʻrtasida 1Xbet (onlayn qimor — tahr.) degan balo paydo boʻlgan. Pensiya tarqatuvchi yosh xodimning qoʻliga 100—200 million soʻm beriladi. U pullarni mahallaga olib borib, pensionerlarga tarqatishi kerak. Bir yosh yigit institutda ham oʻqimagan, kollejni bitirgan (kassir lavozimiga oliy maʼlumot talab etilmaydi).
Voqea qaysi hududda boʻlganini aytmay qoʻya qolay. Oʻsha yigit 1Xbet oʻynab, 750 million soʻm pensiya pullarini yutqazib qoʻydi. Qisqa muddatda.
Yaʼni u boshqa kassirlarning pensionerlarga toʻlashi kerak boʻlgan pullarini olib, ularnikini ham oʻzi tarqatishiga ishontirgan.
Yigʻilgan pullar 750 million soʻm boʻlgan. Keyin 1Xbet oʻyiniga tikkan va yutqazgan. Otasi bechora farzandining orqasidan shunaqangi yugurdiki, hatto bolasi yunqazgan pulni “uyimni sotib toʻlayman”, dedi.
Oʻzi nogironligi bor, yashab turgan hovlisi boʻlgan. Oʻshani sotib, toʻlashini aytgan. U uyni ham 400 million soʻm atrofida baholashgan.
Oxiri haligi ota majbur boʻldi, pulni toʻlay olmadi, oʻgʻli qamalib ketdi. Shu kabi holatlar aniqlanganda biz prokuratura departamentiga murojaat qilamiz.
Keyin kassirlar uchun shu kabi holatlar boʻyicha alohida targʻibot ishlarini olib bordik. Bunday qilmish oqibati nimalarga olib kelishini tushuntirdik. Hozirda 1Xbet degan balo ancha kamaydi", — dedi rais oʻrinbosari.



