So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Dogʻistonda oʻgʻil oʻz otasini oʻldirib omborxonaga yashirib qoʻydi

Dogʻiston politsiyasi oʻz otasini oʻldirib, uning jasadini molxonaga yashirgan, soʻngra uning bedarak yoʻqolganligi haqida xabar bergan shaxsni qoʻlga oldi, deb xabar berdi seshanba kuni Rossiya IIV matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, dushanba kuni Dogʻistonning Derbent tumani politsiya boʻlimiga Kurax tumani Arablyar qishlogʻida yashovchi 59 yoshli fuqaro uydan chiqib ketgani va qaytib kelmagani haqida xabar kelib tushgan.
Uning 36 yoshli oʻgʻli politsiyaga ikki kun avval otasi janjallashib, nomaʼlum tomonga chiqib ketganini aytdi.
“Jinoyat qidiruv xodimlari uning koʻrsatmalariga shubha bilan qarashdi, ehtimoliy guvohlarni soʻroq qilishdi va hududni tekshirishdi.
Tekshiruvlar natijasida bedarak yoʻqolgan erkakning jasadi omborxonadan, pichan ostidan jarohatlar va koʻkarishlar bilan topildi”, — deyiladi xabarda.
Shundan soʻng, padarkush oʻgʻil politsiya boʻlimiga olib ketilgan va u yerda qotillikka iqror boʻlgan.
Qoʻlga olingan shaxs politsiyaga 9-dekabr kuni kechqurun ishdan keyin vino ichganini, soʻng otasi bilan janjallashib, bir necha marta urib, uning xushsiz tanasini omborga yashirib, qarindoshlariga otasining yoʻqolganini aytgan.
Viloyat ichki ishlar vazirligi jamoatchilikka taqdim etgan soʻroq paytidagi videoda gumonlanuvchi otasini oʻzi qutqarib qolishga uringanini aytadi.
“9-dekabr kuni otam bilan janjallashib qoldim, shundan soʻng uni urdim.Biroz vaqt oʻtgach, uning qimirlamay qolganini payqadim, sunʼiy nafas berdim va koʻkrak qafasini massaj qildim. Nafas olish ham, puls ham yoʻqligini payqab, otamni boshiga plastik xalta kiydirib hovliga olib chiqdim, soʻng qoʻllarini bogʻlab, omborga sudrab olib bori ustiga pichan tashladim”, - dedi erkak.



