So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kadastr agentligining Moʻynoq tuman boʻlimi boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan boʻlim boshligʻi ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Mazkur tadbirda fuqaro N.Z. fuqaro R.A.ning Nukus shahridagi noturar binosi kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishi evaziga 5 mln soʻmini qoʻlga kiritib, yana 1,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, N.Z.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Kadastr agentligining Moʻynoq tuman boʻlimi boshligʻi S.A. fuqaro R.A.ning noturar binosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga N.Z. orqali qoʻlga kiritgan 5 mln soʻmni qaytarib berayotgan vaqtida ushlanib, ushbu bino kadastr hujjatlari va 5 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.