So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
OTB Oʻzbekistonda 700 km qishloq yoʻllarini taʼmirlash uchun 240 mln dollar ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yoʻllarini transport aloqasini yaxshilash va qishloq taraqqiyotiga koʻmaklashish maqsadida xavfsizroq va iqlim oʻzgarishiga chidamliroq qilish uchun 240 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratishni maʼqulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Dengizdan ikki davlat bilan ajratilgan Oʻzbekiston aholisining qariyb yarmi qishloq xoʻjaligi asosiy tirikchilik manbai boʻlgan qishloq joylarda istiqomat qilayotgani uchun aloqa juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xavfsiz, ishonchli va iqlimga chidamli qishloq yoʻllari orqali qishloq jamoalari va bozorlar va xizmatlar oʻrtasidagi aloqani saqlab qolish inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etadi», - dedi OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boʻyicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.
Ushbu loyiha 2030-yilgacha boʻlgan Qishloq yoʻllarini rivojlatirish milliy strategiyaga va 2035-yilgacha boʻlgan Qishloq yoʻllari strategiyasiga muvofiq boʻlib, Hukumatning Qishloq yoʻllarini rovojlantirish dasturini oldinga siljitish imkonini beradigan asosiy tashabbus boʻlib hisoblanadi.
Asosiy eʼtibor 12 viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mahalliy va xoʻjaliklararo qishloq yoʻllariga qaratiladi. Yaxshilashlar qirgʻoqlar, koʻpriklar, suv oʻtkazgichlar va drenaj tizimlarini kuchaytirish orqali transport qatnovi sigʻimi, sifati, aloqa, xavfsizlik va iqlimga chidamlilikni oshirishga qaratilgan.
Loyiha Oʻzbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida ilgʻor tashabbus boʻlib, qishloq aholi punktlari va fermerlarga bozorlar, maktablar, sogʻliqni saqlash xizmatlari va tuman markazlariga har qanday ob-havo sharoitida borish imkonini beradi.
"OTB qishloq yoʻllarini barqaror saqlash uchun ham Avtomobil yoʻllari qumitasi, ham mahalliy xokimiyat organlarining operativ salohiyatini kuchaytirishga yordam beradi.
Biz qarorlar qabul qilish va rejalashtirish imkoniyatlarini yaxshilash uchun internetga va geografik axborot tizimiga asoslangan qishloq yoʻllari aktivlarini boshqarish tizimini joriy qilishda qoʻllab-quvvatlaymiz, bu esa yanada samarali xizmat koʻrsatish va resurslarni taqsimlash imkonini beradi", - dedi OTBning tranport buyicha katta mutaxassisi Yonkun O.
Bozorlarga kirish imkoniyatini oshirish va iqtisodiy imkoniyatlarning yaxshilanishidan foyda olish uchun loyiha qishloq ayollariga barqaror qishloq xoʻjaligi va iqlim oʻzgarishiga chidamli amaliyotlarni oʻrgatish orqali ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Tadbirkorlik va tirikchilik koʻnikmalarini oʻrgatish maqsadida aholi punktlarini rivojlantirish muassasalari modernizatsiya qilinadi va gender zoʻravonlik va yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib boriladi.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston OTBga 1995-yilda aʼzo boʻlgan. Oʻshandan beri bank mamlakatga 10,8 mlrd. AQSH dollari miqdorida qarz, grant va texnik koʻmak taqdim etgan.
OTB oʻta qashshoqlikka barham berish boʻyicha saʼy-harakatlarini davom ettirib, rivojlangan, keng qamrovli va barqaror Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga erishishga intiladi. OTB 1966-yilda tashkil etilgan boʻlib, unga 68 mamlakat aʼzo boʻlgan. Ularning 49 tasi mintaqada joylashgan.
Oramizdagi qahramonlar...