So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navalniy Vladimir viloyatidagi koloniyadan gʻoyib boʻldi
Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy Vladimir viloyatidagi IK-6 koloniyasining roʻyxatidan olib tashlandi, uni qayerga oʻtkazilgani toʻgʻrisida maʼlumot berilmayapti, deya xabar bermoqda Kira Yarmish oʻzining “X” sahifasida.

Siyosatchi va blogerning taqdiri keng jamoatchilikka nomaʼlumligicha qolmoqda. Navalniy tarafdorlari olti kundan beri mahkum bilan bogʻlana olmayotganliklarini daʼvo qilmoqda.
11-dekabr, dushanba kuni muxolifatchi sud majlisiga video havola orqali ulanmagan. Bunga sabab sifatida koloniyaning rasmiy vakillari 7-dekabrdan beri muassasada elektr energiyasi yoʻqligini vaj qilib koʻrsatishgan.
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yildan beri Navalniy Iv Rocher ishi boʻyicha qamoqda. 2022-yil mart oyida bloger firibgarlik va sudga hurmatsizlikda ayblanib, 9 yilga qamalgan edi.
Oʻsha yilning oktyabr oyida unga ekstremistik jamiyatni tashkil etish, ekstremizmni moliyalash va unga daʼvat qilish aybi qoʻyilgan. 2023-yil avgust oyida Moskva shahar sudi bu ish boʻyicha Navalniyni 19 yilga maxsus rejimli koloniyaga hukm qildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir