So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Aholi bayram shukuhini arzonlashtirilgan savdo yarmarkalaridagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan sezishi kerak” — Qosimov
Bugun, 11-dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati» oʻtkazildi, deya xabar bermoqda viloyat matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, ushbu yigʻilishda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari studiyalari orqali mutasaddilar bilan Prezidentning Surxondaryoga tashrifida belgilab berilgan vazifalar ijrosi, ijro intizomi, faollar koʻtarayotgan muammolarning hal etilishi hamda “Yangi yil” bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan.
"Yangi yil aholimiz intiq boʻlib kutadigan, barcha birdek nishonlaydigan bayram. Biz koʻcha va hiyobonlarimizni hozirdan bayramga mos ravishda bezashimiz kerak.
Aholi bayram shukuhini bozorlarimizda tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalaridagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan his qilishi kerak. Buning uchun hudud va tarmoqlar rahbarlari bugundan barcha zarur choralarni koʻrishi shart" – dedi viloyat rahbari.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, “hokimlik soati”da davlat rahbarining tashrifida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, tegishli qaror loyihalarini ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga ish oʻrinlari yaratish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, tegishli mutasaddilarga yangi yil bayrami munosabati bilan muhtojlar va uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olish, joylarda aholi, ayniqsa bolajonlar uchun katta bayram konsertlarini tashkil etish va koʻtarinki kayfiyatda nishonlash topshirildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir