So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Otabek Sattoriy manzil-koloniyaga oʻtkazildi
Bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga oʻtkazildi. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov oʻzining Facebookʻdagi sahifasi orqali maʼlum qildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-maydagi hukmiga koʻra, Otabek Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllanib, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari)ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
4-may kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida prokuror unga 11 yil qamoq jazosi tayinlanishini soʻragandi.
Uning advokati esa apellyatsiya shikoyatini berishini maʼlum qilgandi. Advokatning apellyatsiya ishini Surxondaryo viloyatidan boshqa viloyatga oʻtkazish boʻyicha iltimosnomasiga asosan apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrildi.
Sattoriy ishi boʻyicha apellyatsiya sudi 29-iyun kuni boshlangandi. Sudlanuvchining advokati Umidbek Davlatovning maʼlum qilishicha, Bahodir Aliqulov raisligidagi sudyalar hayʼati oʻz qarori bilan bloger boʻyicha hukmini oʻzgartirmagan. Ammo sudya blogerga Termizda sotib olgan ikki xonadonini qaytarib berish boʻyicha hukm chiqargan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudi tomonidan 6,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bloger Otabek Sattoriyning ishi toʻgʻrisida hukm chiqarilgan. Unga koʻra, Sattoriyga nisbatan tayinlangan 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻz kuchida qoldirilgan.
Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash jazoni oʻtash tartibi qanday?
Manzil-koloniyalarga ijobiy tavsifga ega va ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan mahkumlar;oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi.
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida oʻtkazilishi mumkin.
Manzil-koloniya hududidan tashqarida harakatlanish chegaralari mahkumlarga tilxat olinib, maʼlum qilinadi va tilxat ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Mahkumlar xonalarga boʻlingan yotoqxonalarda yashaydilar. Mahkumlarning ismi va otasining ismi bosh harflari hamda familiyasi yozilgan roʻyxat xonalar eshigining tashqi tarafiga osib qoʻyiladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir