So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
“Aviakompaniya eskicha uslubda ishlayapti, yoʻlovchilar xizmat sifatidan rozi emas” — Prezident
Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
“Davlat rahbarining 2021-yil 30-apreldagi qarorida fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish boʻyicha vazifalar belgilangan ediBu borada ilgʻor xorijiy tajriba oʻrganilmoqda, yetuk konsultantlar jalb etilmoqda.
Xususan, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatini isloh qilish boʻyicha turkiyalik mutaxassis Ilker Ayji jamoasi bilan ish olib borilmoqda. U “Turk havo yoʻllari” aviakompaniyasini boshqargan kezda uni mintaqaviy darajadan global miqyosga muvaffaqiyatli olib chiqqan. Bugun “Uzbekistan airways” oldiga ham shunday vazifa qoʻyilgan.
Mamlakatimizning geografik joylashuvi va soha infratuzilmasidan oqilona foydalanib, uni xalqaro transport xabiga aylantirish koʻzda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Taqdimotda davlat rahbariga “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ni transformatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan strategiya haqida axborot berildi.
Unga muvofiq, aviakompaniyaga xalqaro tajriba asosida korporativ boshqaruv tizimi joriy etish, havo kemalarini koʻpaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va yuk tashish tarmogʻini kengaytirish choralari koʻriladi.
Xorijiy investorlarni jalb etgan holda aviakompaniyani jahon standartlari asosida xususiylashtirish ishlari yakuniga yetkaziladi. Bulardan koʻzlangan asosiy maqsad “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ni yetakchi mintaqaviy aviakompaniyaga aylantirish, shuningdek, aholining mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda arzon narxlarda harakatlanishini taʼminlashdan iboratdir.
Prezident bu rejalarni maʼqullab, uning ijrosiga tezroq kirishish kerakligini taʼkidladi.
“Bu sohada oʻn yilga kechikkanmiz. Aviakompaniya eskicha uslubda ishlayapti, yoʻlovchilar xizmat sifatidan rozi emas. Agar iqtisodiyotimizni, turizmni rivojlantiramiz desak, yakkayu yagona yoʻlimiz shu”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Aviakompaniyada loyiha ofisi tuzib, tranformatsiya jarayonini muvofiqlashtirib borish boʻyicha tavsiyalar berildi.



