So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistondagi barcha metan “zapravkalar”ga cheklov oʻrnatildi
Ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida respublikadagi metan zapravkalarida ish vaqti soat tonggi 6:00 dan soat 15:00 ga qadar cheklanganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda. Tarmoqda tarqalgan xabarlar yuzasidan Energetika vazirligi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy munosabat berdi.
“Oʻzbekistonda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshgan. Bu esa, oʻz navbatida, aholi isteʼmolining koʻpayishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi.
Qolaversa, 7 – 16-dekabr kunlari oraligʻida kutilayotgan (8-dekabrda 0 daraja, 12-dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti.
Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari koʻrilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.
Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi isteʼmolchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi.
Isteʼmolchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini soʻraymiz. AGTKSHlar faoliyatida oʻzgarishlar kuzatilsa, qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi”, — deyiladi munosabatda.