So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Bezgak kasalligi oʻtgan yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin boʻldi” — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, oʻtgan yili dunyo boʻyicha bezgakka chalinganlar soni qariyb 250 million nafarga yetgan. Boshqacha aytganda, har 1000 aholidan 58 nafari ushbu xastalikni yuqtirgan.
Vaholanki, JSST 2025-yilga borib, bu koʻrsatkichni 26,2 taga tushirishni global maqsad sifatida belgilagandi. Ammo ana shu reja bajarilishi koʻzda tutilganidan 55 foiz ortda qolmoqda.
Albatta, bu bir qator tashqi omillar bilan bogʻliq. Masalan, koronavirus pandemiyasi, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq ekstremal ob-havo hodisalari, kasallikning dori vositalariga chidamliligi ortishi bezgakka qarshi kurash samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatyapti.
Ekspertlar fikricha, agar hozir zarur choralar koʻrilmasa, bezgak epidemiyasi insoniyat salomatligi uchun yanada global xatarga aylanib, soʻnggi yigirma yil davomida erishilgan yutuqlar chippakka chiqishi mumkin.
Chunki 2000-yildan 2019-yilgacha ushbu kasallikdan yillik oʻlim koʻrsatkichi sezilarli darajada, yaʼni 864 mingdan 576 mingtagacha kamaygandi. Biroq pandemiya davrida oʻsish dinamikasi qayd etilib, oʻtgan yilining oʻzida 608 ming kishi bezgak oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Eng yomoni, ularning katta qismi bolalardir.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda JSST bir necha bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan bezgakka qarshi yangi — R21 vaksinasini tasdiqladi. U ikki yil oldin foydalanishga tavsiya etilgan ilk muqobilidan, eng avvalo, arzonligi bilan farqlanadi.