So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Andijonda “kriminal avtoritetlar” qoʻlga olindi

Andijon viloyati hududida “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, oʻzidan “Yetakchi” yasab olganlar hamda ularga yaqin boʻlgan shaxslar ushlanmoqda, deya xabar bermoqda viloyat IIB Axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 5-dekabr kuni oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Andijon shahrida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 104, 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, 1988-yilda tugʻilgan Kiselov Andrey Xodjamqulovich, Andijon shahrida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan fuqaro Shodiboyev Farrux Patidin oʻgʻli, Xoʻjaobod tumanida yashovchi 1973-yilda tugʻilgan Ergashev Baxtiyor Toʻxtasinovich hamda 1985-yilda tugʻilgan Parpiyev Alisher Adxamovichlar viloyat hududida oilaviy zoʻravonlik, mayda bezorilik, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etganliklari aniqlanib, ularning har biriga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi.
“Hozirda ularning sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarga aloqadorliklari oʻrganilmoqda. Hurmatli fuqarolar! Agar Sizlar ushbu shaxslardan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Andijon viloyati IIBning “102” raqami yoki 97-432-10-20 telefon raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Murojaat qilgan fuqaro shaxsining sir saqlanishi kafolatlanadi. Unutmang, sodir etilgan har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼminlanadi!”, — deyiladi xabarda.



