So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi
Toshkent viloyatida maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida, 34 nafar jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olinib, ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, 23 nafari maʼmuriy tartibda qamoqqa olingan.
Tadbir davomida, ushbu va boshqa shaxslardan noqonuniy ravishda saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, oʻq-dori va elektroshoker, turli hajm va koʻrinishdagi pichoq, kastet va bitalar, giyohvandlikka qarshi kurash yoʻnalishida, 50 dan ortiq holatlar fosh etilib, 11 kg giyohvandlik moddalari va 8 ming 703 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olingan.

Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 64 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan.

2 nafar bedarak yoʻqolgan fuqaro topilib oilasiga qaytarilgan. Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
