So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev ozodlikka chiqdi
Diniy bloger Abror Muxtor Ali bilan janjallashib 7,5 yilga qamalgan bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev ozodlikka chiqarildi.
Eslatib oʻtamiz, u 2021-yilda “Toʻxtaboy” jome masjidida Abror Muxtor Aliga qarshi janjal koʻtarganidan soʻng qamoqqa olingan. Shundan soʻng Orifxoʻjayev taqiqlangan diniy materiallarni saqlash va tarqatish boʻyicha aybli deb topilib 7,5 yilga qamalgan edi. Ayni vaqtda Orifxoʻjayev muddatidan oldin shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev masjidda Islom sivilizatsiyasi markazi xodimi Abror Muxtor Aliyni “munofiqsan” deb haqorat qilib, jamoat tartibini buzgani uchun 15 sutkaga qamalgan edi. Tekshiruv davomida uning ijtimoiy tarmoq sahifasidagi ayrim materiallar “diniy aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallar” deb topilgan va uning ustidan jinoiy ish ochilgan.
26-iyun kuni Olmazor tumanidagi “Toʻxtaboy” masjidida Islom sivilizatsiyasi markazi xodimi Abror Muxtor Aliy va bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev oʻrtasida nizo kelib chiqqan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda F.Orifxoʻjayev masjidda maʼruza qilayotgan Abror Muxtor Aliyga qarshi fikrlar bildirgani, masjid jamoati unga qarshilik qilgani, Abror Muxtor Aliy esa uni gapirishga qoʻyib berishlarini soʻragani aks etgan.
Shundan soʻng fuqarolardan kelib tushgan xabar asosida Olmazor tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilgan va toʻplangan hujjatlar sudga taqdim etilgan.