So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Time jurnali amerikalik qoʻshiqchi Teylor Sviftni “2023-yil odami” deb eʼlon qildi
Amerikalik qoʻshiqchi Teylor Svift TIME jurnalining talqiniga koʻra “2023-yil odami” deb eʼlon qilindi.
Jurnal bosh muharriri Sem Jeykobsning taʼkidlashicha, gʻolibni tanlash juda qiyin boʻlgan:
“Sayyoramizdagi sakkiz milliard odamning ichidan bitta odamni tanlash oson ish emas. Biz butun dunyoga yorugʻlik ulashuvchi odamni tanladik”, - dedi Jeykobs.

Shuningdek, nashr tomonidan eʼlon qilingan materialda Teylor Svift Elvis Presli, Maykl Jekson, Madonna, Bob Dilan va Pol Makkartni kabi mashhur insonlar bilan taqqoslangan.
“Uning harakatlarini muhokama qilish siyosat yoki ob-havoni muhokama qilish kabi boʻldi. U dunyoning bosh qahramoniga aylandi”, — deyiladi xabarda.
Svift koʻplab mashhur insonlar jumladan:
Rossiya prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy raisi Si Szinpin;
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III;
Federal zaxira raisi Jerom Pauell;
Rejissyor Greta Gervig tomonidan suratga olingan “Barbi” filmining qahramoni;
AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning prokurorlari;
OpenAI bosh direktori Sem Altman kabi shaxslarni ortda qoldirdi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda TIME jurnali talqiniga koʻra “Yil odami” unvonini prezident Vladimir Zelenskiy olgandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir