So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Dolzarb qirq kunlik”. Toshkentda yana bir guruh shaxslar qoʻlga olindi

Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar davomida poytaxt IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanuvchi bir qator shaxslar aniqlandi, deya xabar bermoqda Poytaxt IIB matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 1968-yilda tugʻilgan Saidmetov Xusnitdin Mirzakarimovichning uyida xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv jarayonida 500 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 1970-yilda tugʻilgan Axunov Ilyos Ikromovichning uyida xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv jarayonida 1 gramm “gashish”, 1 gramm “marixuana”, 1 gramm “koʻknor boshogʻi” giyohvandlik vositalari, bir dona elektron tarozi va ikki dona giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish uchun moʻljallangan yelim idishlar aniqlangan.

Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 1980-yilda tugʻilgan Avliaxanov Azizxon Kamalovichning uyida xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv jarayonida 0,05 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 2002-yilda tugʻilgan Jurayev Bekzod Baxtiyor oʻgʻli boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi “01 N 396 GC” boʻlgan toʻxtatilib, xolislar ishtirokida oʻtkazilgan 0,05 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Barcha holatlar yuzasidan toʻplangan hujatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi uchun tergov boʻlimiga taqdim etilgan.
“Tergov yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi. Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarning noqonuniy giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanganligi yoki boshqa jinoyatlarga aloqadorligi haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.



