So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Tergovdagi fuqaroning oʻlimiga sababchi boʻlgan IIB xodimlari uzoq muddatga qamaldi
Boʻkada tergovdagi fuqaroning oʻlimiga sababchi boʻlgan IIB xodimlari 6 yildan 8,5 yilgacha qamaldi.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning 1 dekbar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tumani sudida IIB xodimlariga hukm oʻqilgan.
Hukmda aytilishicha, fuqaroning oʻlimida 4 nafar xodim aybdor deb topilgan. Ular Boʻka tumani IIB JQB boshligʻi boʻlgan 37 yoshli J.S., boʻlimning tezkor vakillari – 38 yoshli D.J. hamda 31 yoshli Sh.Gʻ., shuningdek, Boʻka tumani IIB profilaktika inspektori, 31 yoshli S. T.
Hukmda J.S., D.J., Sh.Gʻ. va S.T. sudda ularga nisbatan eʼlon qilingan aybga iqror boʻlmagani, ammo ularning mazkur jinoyatni sodir etganlikdagi ayblari sud majlisida soʻroq qilingan jabrlanuvchi va guvohlarning koʻrsatmalari, ekspertiza xulosalari bilan oʻz tasdigʻini topgani yozilgan.
Sud hukmi bilan J.S.ga 7 yil, D.J. va Sh.Gʻ.ga 8 yil 6 oydan va S.T.ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, sudlanuvchilarning barchasi 3 yil muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan maxrum qilingan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir