So`ngi yangiliklar
Botir Zokirov stipendiyasi taʼsis etiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “margimush qabristoni” toʻgʻrisidagi xabarlar rostmi?
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
“Jalolobodda metan «zapravka” yoʻq. “Avtobuschilar” yonilgʻi quyish uchun Oʻzbekistonga kelib ketishga majbur boʻlmoqda» — Manba

Jalolobodda metan quyish shoxobchasi yoʻq. Yoʻlovchi avtobusi haydovchilari yonilgʻi quyish uchun Oʻzbekistonga borishga majbur boʻlmoqda, deya xabar bermoqda Qirgʻizistonning “24kg.uz” internet-nashri.
“Haydovchilar har kuni Oʻzbekiston chegarasigacha 100 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtishadi, u yerda navbatga turishadi va mashinasiga yonilgʻi quyib, orqaga qaytishadi. Ushbu ishni amalga oshirish uchun bir kun vaqt kerak. Ular bir kun kun boʻyi ishlaydilar va bir kunini yonilgʻi quyishga sarflaydilar”, — deb yozadi “X” ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchisi.
Jalolobod hokimligi haligacha metan yoqilgʻi quyish shoxobchasini qurishga ulgurmaganini taʼkidladi.
“Avtomobilga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari qurilishidan oldin avtobuslarni yoʻlga qoʻyish xalqning talabi edi. Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi bilan chegaraga borish unchalik qimmat emas. Davlat rahbari Sadir Japarov kutilmaganda shahar bayramiga sovgʻa qilgani bois, mahalliy hokimiyat idoralari gaz quyish shoxobchasi qurishga ulgurmadi. Xudo xohlasa, 20-dekabrgacha obyektni quramiz va haydovchilar chegaraga chiqmaydi”, — deya taʼkidladi hokimlik.
Maʼlumot uchun, joriy yilning oktyabr oyida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov ish safari davomida Jalolobod shahriga 50 ta avtobus topshirgan edi.



