So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston–Belarus oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichi 500 million dollardan oshgan
Avvalroq joriy yilning 4-5-dekabr kunlari Bosh vazir Roman Golovchenko boshchiligidagi Belarus Respublikasi hukumati delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi.
Aynan shu asnoda bugun, 5-dekabr kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Belarus biznes-forumi boʻlib oʻtgan. Bu haqda Hukumat portali axborotida aytiladi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining ikki yuzdan ortiq vakillari ishtirok etgan ushbu forumda Bosh vazir Abdulla Aripov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko soʻzga chiqqan.


Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotiga 100 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etish rejalashtirilgan.

Maʼlumki, bu borada Oʻzbekistonda sanoat, energetika, transport, qurilish, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning siyosiy irodasi tufayli deyarli barcha yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Shu munosabat bilan oʻzaro tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari joriy yilning oʻn oyi yakunlariga koʻra, 500 million dollardan oshgan.

Biznes-forumda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish davom etayotgani, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, kinematografiya, sport sohalaridagi aloqalar mustahkamlanayotgani, shunga qaramay hali foydalanilmagan sezilarli hamkorlik salohiyati mavjudligiga eʼtibor qaratilgan.

Bunda qoʻshma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi boʻlishi bildirilgan. Forumda kelgusida mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, kimyo, elektrotexnika va boshqa sohalardagi sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish, IT texnologiyalari sohasida hamkorlikni davom ettirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlangan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir