So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Oʻzbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issigʻi boʻldi — “Uzgidromet”

Oʻzbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun 2023-yilning noyabr oyi eng issiq boʻldi, deya xabar bermoqda “Uzgidromet” axborot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, havoning oʻrtacha statistik harorati keskin oʻzgarib turishi noyabr oyi uchun xosdir. Bunday oʻzgarib turishlar ushbu yilda ham kuzatilgan.
Ammo boshqa yillardan farqi, bu oʻzgarib turishlar yuqori harorat fonida sodir boʻldi. Oyning katta qismida havo harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga nisbatan yuqori boʻldi va faqat sovuq davrda iqlimiy meʼyorgacha pasaydi. Barcha hududlarda harorat oʻrtacha iqlimiy meʼyordan 3-6darajaga koʻp boʻldi (1-rasm).
2023-yil noyabr oyi Oʻzbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issiq noyabr oyi reytingida birinchi oʻrinni egalladi.
Eng issiq kunlarda maksimal havo harorati 23-28 daraja iliqga yetdi. Minimal harorat faqat respublikaning shimolida salbiy qiymatlargacha pasaydi.
Oʻtgan yilning noyabr oyida respublika hududi boʻyicha hech bir joyda maksimal havo haroratining rekord darajadagi yuqori koʻrsatkichlari kuzatilmagan. Noyabr oyida mutlaq maksimal harorat 29-32 daraja iliqni, janubda 33-35 daraja iliqni tashkil etdi.
Noyabr oyining oʻziga xos iqlimiy xususiyati - bu oyning boshidan uning oxirigacha haroratning tez pasayishi, chunki noyabr oyining oxiri qish mavsumiga oʻtishdir. Respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida kunduzgi harorat odatda 15-20 daraja iliq, ikkinchi yarmida esa 10-15 daraja iliq atrofida boʻldi.
2023-yil noyabr oyida bunday tendensiyalar kuzatilmadi, oyning boshida ham, oxirida ham haroratning yuqori qiymatlari kuzatildi (2-rasm).
2023-yil noyabr oyi respublika boʻyicha nisbatan quruq boʻldi. Respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilik kam va meʼyor atrofida boʻldi.
Respublikaning tekislik hududi boʻyicha yogʻingarchilik faqat yomgʻir koʻrinishida yogʻdi. Faqat respublikaning togʻli hududlarida qor yogʻishi kuzatildi.
Meʼyorga nisbatan noyabr oyi 2023-yilning kuz mavsumidagi
eng issiq oy (meʼyordan 3-6 daraja iliq) boʻldi. Oktyabr oyida oyning oʻrtacha harorati meʼyordan 1,5-2,5darajaga yuqori, sentyabr esa oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻldi.
Umumiy olganda, 2023-yil kuzi Oʻzbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issiq boʻldi. Ob-havo sharoitiga koʻra, bu haqiqatan ham baxmal (barxat) mavsumi boʻldi.



