So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda yangi pandemiya boshlangani rostmi?
Hozirda aksariyat mamlakatlar qatori Oʻzbekistonda ham mavsumiy kasalliklar tarqalishi koʻpaygan. Ayniqsa, bolalarda bu jarayon biroz ogʻir kechmoqda.
Xoʻsh, Oʻzbekistonda oʻtkir respirator kasalliklar tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat qanday?
SSV Matbuot xizmati ushbu savol bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Nurmat Atabekovga murojaat qildi:

“Gap shundaki, biz oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishi zanjirini uzishga harakat qilishimiz kerak. Kasallik tarqalishida uch muhim boʻgʻin bor: kasallik manbai, yuqish yoʻli, yuqtirishga moyil organizm.
Agar kasallangan bolalarni maktabga, bogʻchaga, jamoat joylariga yuboraversak, ular boshqalarga infeksiya yuqtirishda davom etadi.
Har birimiz oʻtkir respirator kasalliklar, xususan, grippni yuqtirishga moyilmiz.
Shuning uchun ham ota-onalarga kasallik belgilari boʻlgan farzandlarini bogʻcha va maktablarga, oliy taʼlim muassasalariga yubormaslikni maslahat beramiz. Bunday paytda shifokor koʻrsatmasiga asosan, uy sharoitida zarur muolajalarni olib borish maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, yurtimizdagi barcha yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bemorlar uchun oʻrin-joy va zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.
Aholi orasida gripp mavsumi haqida “bu — yangi pandemiya” degan mish-mishlar uchramoqda. Bu gaplar mutlaqo asossiz. Aytish kerakki, bu hatto epidemiya ham emas.
Oʻtkir respirator kasalliklar tarqalishi poytaxtimizda va yurtimizning ayrim hududlarida koʻproq qayd etilayotgani kasallik tarqalishi epidemik boʻsagʻaga yetganiga asos boʻla olmaydi.
Shu sababdan ham oʻquv muassasalarida taʼlim jarayonini toʻxtatishga yetarli asos koʻrmayapmiz. Hozirgi vaziyatda bizning vazifamiz: bemorlarni alohidalash, ularni jamoat joylaridan uzoqda tutish!
Bemorlar muloqot chogʻida doim tibbiy niqobda boʻlishlari, ijtimoiy masofa saqlashlari, shaxsiy gigiyenaga qatʼiy amal qilishlari shart.
Shuningdek, kasallikka qarshi emlanish unga qarshi kurashishning samarali usuli ekanini unutmaslik kerak! Mavsum oldidan yurtimizda grippga qarshi vaksinalarning yetarli miqdori shakllantirilgan. Ayni paytda xususiy emlash punktlarida ham 3 xil grippga qarshi vaksina mavjud”, — deydi mutaxassis.