So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Namoyishlar oʻtkazish tartibi borligini endi eshitishim” — Kusherbayev
Deputat bloger Olimjon Haydarovga qoʻyilgan ayblovlarga nisbatan eʼtiroz bildirdi.
Xabaringiz bor, bloger Olimjon Haydarov maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 201-moddasi (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzish) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolgʻon axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, mazkur kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash) tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari (21 000 000 soʻm) miqdorida jarima solindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sudning qaroriga eʼtiroz bildirib, namoyishlar uyushtirish tartibini qidirib topa olmaganini aytdi.

“Shu kunga qadar “yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibi”ni koʻrmadim ham oʻqimadim ham. Qidirib ham topolmayapman.
Ichki ishlar vazirligi masʼullaridan ham soʻradim, yoʻq ekan. Suddan iltimos qilamiz: boshqalar ham tartibni buzib qoʻymasligi uchun oʻsha oʻzlariga maʼlum “yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibi”ni bizlarga ham maʼlum qilib, tushuntirib berishsin.
Agarki tartibni buzgan, deb topibdimi, demak bu tartib sudga maʼlum. Shu bois, Oliy suddan javob kutamiz”, — deb yozdi deputat oʻzining Telegram kanalida.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir