So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Salimboyvachcha” hibsga olingani tasdiqlandi, Gʻofur Rahimovga esa qidiruv eʼlon qilinmagan — Manba
“Salimboyvachcha” laqabi bilan tanilgan 73 yoshli tadbirkor Salim Abduvaliyevga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi, Gʻofur Rahimov esa qidiruvda emas. Bu haqda Kun.uz internet-nashri oʻzining ishonchli manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etish kerak, Salim Abduvaliyev huquq-tartibot idoralarining maxsus boʻlinmalari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “oq uyi”dan olib ketilgan.
Salim Abduvaliyev — Oʻzbekistondagi kuchli tadbirkorlardan biri hisoblanadi. U 1950-yilning mayida Fargʻona viloyatining Toshloq qishlogʻida dunyoga kelgan. U erkin kurash boʻyicha 5 karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. U sportdan ketgach, avvaliga zavodda ishlagan, keyin haydovchilik qilgan.
Salim Qirgʻizboyevich 1997-yildan buyon Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi. U shu vaqtga qadar Oʻzbekistonda erkin kurash boʻyicha sport musobaqalariga homiylik qilib kelgan. Ayni vaqtda Toshkentdagi Yashnobod tumanida istiqomat qiladi. 4 qiz hamda 2 oʻgʻil otasi.

IIO Asli oʻzbekistonlik tadbirkor, hozirda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi raisi birinchi oʻrinbosari Gʻofur Rahimovga nisbatan qidiruv eʼlon qilingani toʻgʻrisidagi xabarlarni rad etdi.
Gʻofur Rahimov — 2018-yil noyabridan 2019-yil iyuliga qadar Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA)da rahbari lavozimida ishlagan. Shuningdek, 2010-yilda esa Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan. 2001-yildan 2012-yilgacha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining vitse-prezidenti boʻlgan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir