So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
“Salimboyvachcha”, “Baxti Tashkentskiy”, “Saidaziz Medgorodok”: Oʻzbekistonda kriminal avtoritetlarning davri tugamoqda…
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda kriminogen vaziyatni yaxshilash boʻyicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazilayotganini eʼlon qilganidan soʻng, kriminal olamdagi bir qator taniqli shaxslar qoʻlga olingani maʼlum boʻldi.
Xususan, Salimboyvachcha nomi bilan ommaga tanilgan Salim Abduvaliyev (xabar rasman tasdiqlanmagan, ammo inkor ham etilmagan), Baxti Tashkentskiy, Saidaziz Medgorodok kabi shaxslar hibsxonada saqlanmoqda. Bundan tashqari, Fargʻonada qoʻlga olingan bir qator kriminal avtoritetlar orasida MMA jangchisi Humoyun Toʻxtamurodov nomi ham bor.
Kriminal olamga oʻzini yaqin deb bilgan bir qator shaxslarning soʻnggi kunlarda qamoqqa olinishi “Humo Arena”da qoʻshiqchi Jah Khalibʻning konsertida sotilgan soxta chiptalarga bogʻliq emas, faqat huquq-tartibot idoralari arqonni uzun tashlab qoʻyishgan edi, deydi Effect.uz bilan gaplashgan manba.
Kuni-kecha internetda Salim Abduvaliyevning qanotiga yaqin uka sifatida kirayotgan “Sayidaziz Medgorodok” Toshkentga “polojenes” sifatida tayinlanishi mumkinligi haqida gap soʻzlar tarqalgan edi. Ammo, maxsus idoralar Oʻzbekistonda koʻcha qoʻli emas balki qonunlar ustuvorligini yana bir bor koʻplarga eslatib qoʻyishdi.
Shuningdek, Salimboy Abduvaliyev toʻgʻrisidagi xabarlar fonida kriminal olamda taniqlilardan boʻlgan yana bir shaxs Gʻofur Rahimovga qidiruv eʼlon qilinganiga oid maʼlumotlar tarqaldi. Effect.uz manbasiga koʻra, Rahimov ayni kunlarda qamoqda yoki qidiruvda ham emas.



