So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Salimboyvachcha” uyidan hibsga olib ketilgan — Manba
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev xalq orasida “Salimboyvachcha” laqabi bilan tanilgan. Bu haqda “UzNews.uz” internet-nashri oʻzining manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Salim Abduvaliyev huquq-tartibot idoralarining maxsus boʻlinmalari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan “oq uyi”dan olib ketilgan.

Hozircha rasmiy tashkilotlar mazkur xabarni tasdiqlagani yoʻq. Biroq, Toshkent shahar IIB “Salimboyvachcha”ga yaqin boʻlgan “Baxti Tashkentskiy” (Baxtiyor Qudratullayev) va ““Sayidaziz medgorodok” (Saidaziz Saidaliyev — tahr) hibsga olinganini tasdiqladi.
Salim Abduvaliyev — Oʻzbekistondagi kuchli tadbirkorlardan biri hisoblanadi. U 1950-yilning mayida Fargʻona viloyatining Toshloq qishlogʻida dunyoga kelgan. U erkin kurash boʻyicha 5 karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. U sportdan ketgach, avvaliga zavodda ishlagan, keyin haydovchilik qilgan.
Salim Qirgʻizboyevich 1997-yildan buyon Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi. U shu vaqtga qadar Oʻzbekistonda erkin kurash boʻyicha sport musobaqalariga homiylik qilib kelgan. Ayni vaqtda Toshkentdagi Yashnobod tumanida istiqomat qiladi. 4 qiz hamda 2 oʻgʻil otasi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir