So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonada ham “kriminal avtoritetlar” qoʻlga olindi
“Zarbdor 40 kunlik” doirasida Fargʻona viloyatida tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash borasida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, kriminogen muhitda mavqega ega boʻlgan 248 nafar shaxslarning yashash va boshqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazilgan.

Joriy yilning 22-noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvchi ikki guruh vakillari A.Rustamov va T.Mirzaraximov oʻrtasida janjal kelib chiqqan.
Oʻtkazilgan tezkor ishlar davomida 15 nafar guruhbozlar va ularning izdoshlari qoʻlga olingan.

27-noyabr kuni esa, sportning jangovar turi bilan shugʻullangan X.Toʻhtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli xil tezkor vaziyatga salbiy taʼsir qiluvchi shaxslarni yigʻib, Qoʻqon shahrida ikki nafar shaxslarga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan vaqtda, tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.

Shuningdek, Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamachilik va mulklarni boshqa yoʻllar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qoʻlga olinib, tergov organlariga topshirilgan.