So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Baxti Tashkentskiy” va uning sheriklari qamoqqa olingani tasdiqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bir qator “kriminal avtoritet”larga qarshi reyd boʻlayotgani, qoʻlga olinganlar orasida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan mashhur boʻlgan shaxs qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIB tarmoqda tarqalgan xabarlarni tasdiqlab, mazkur hodislar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shaxar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda koʻp miqdorda tovlamachilik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.
Mazkur jinoyat ishi doirasida oʻtkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.
Jumladan:

1. 1971-y.t. Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);

2. 1980-y.t. Sharipov Dilshod Tulkinovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);

3. 1972-y.t. Mirzaxanov Anvar Babarajabovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik).
IIBga koʻra, ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yoʻli bilan pul mablagʻlarini qonunga hilof ravishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullangan.
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.