So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Chirchiq shahar IIB hibsxonasida 22 yoshli yigit oʻz joniga qasd qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahar IIB hibsxonasida fuqaro joniga qasd qildi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Mazkur voqea yuzasidan Toshkent viloyati IIBB rasmiy axborot berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro, 2001-y.t. A.Oʻ. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (oʻgʻrilik, koʻp miqdorda) va 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblangan.
Tergov davomida, A.Oʻ. muqaddam ham JKning 164-moddasi 2 qismi “a” bandi (bosqinchilik, qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan boshqa narsalarni ishlatib) bilan sudlanganligi inobatga olinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Joriy yilning 1-dekabr kuni soat tungi 02:30 larda jinoyat ishi doirasida hibsxonada saqlanayotgan A.Oʻ. kameradagi yopinchiq choyshabdan sirtmoq yasab, kamera oynachasining temir panjarasiga bogʻlagan holda oʻz joniga qasd qilgan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga koʻra, marhumning oʻlimi, boʻyin qismi sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya oqibatida yuz berganligi, aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.