So`ngi yangiliklar
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Andijondagi tergov hibsxonasida ayol bir oylik chaqalogʻi bilan tahqirlangani maʼlum boʻldi
Inson huquqlari boʻyicha ombudsman Andijondagi 3-son tergov hibsxonasida kaltaklangan ayol haqidagi xabarlarni oʻrgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi 3-Tergov hibsxonasida xodimlar mahbus O.Gʻulomovani 1 oylik chaqalogʻi bilan urib, tepib, turli xil uyatli soʻzlar bilan haqorat qilayotganlari haqida xabar eʼlon qilingan.
Mazkur holat boʻyicha Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili jamoatchilik vakillari bilan birgalikda 3-son Tergov hibsxonasida oʻrganishlar olib borilgan.
Mahbus O.Gʻulomova bilan suhbat davomida u ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarni tasdiqlab, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomiga shikoyat yozdi. Faqatgina, O.Gʻulomova farzandi olib qoʻyilganligini va oʻzi tinchlantirish xonasiga joylashtirilganligini tasdiqlamadi. Farzandi doim oʻzi bilan birga boʻlgan va tinchlantirish xonasiga joylashtirilmagan.
Shuningdek, holatga aniqlik kiritish maqsadida O.Gʻulomova bilan bir kamerada saqlanayotgan 3 nafar shaxs bilan ham suhbat oʻtkazilib, ulardan ham holat yuzasidan tushuntirishlar olingan.
Shu kuni holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi oʻtkazilib, ekspertiza natijasiga koʻra, O.Gʻulomovaning badanida tan jarohatlari aniqlanmagan. Toʻplangan hujjatlar Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqishlik uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Monitoring oʻtkazilgan kunda ona va bolaning sogʻligʻi yaxshi ekani aniqlandi. Shuningdek, oʻrganish davomida hibsxonadagi kameralarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi tekshirilgan. O.Gʻulomova saqlanayotgan va boshqa kameralardagi harorat belgilangan meʼyorlarga muvofiqligi aniqlandi.



