So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Bloger Olimjon Haydarov 8 yilga qamaldi. MIB blogerga tegishli sahifalarni internetdan oʻchirib tashlaydi
Fargʻonalik bloger Olimjon Haydarovga nisbatan dastlabki instansiyaning hukmi eʼlon qilindi. Sud hukmiga koʻra, u 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudida Olimjon Haydarovga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudining raisi A. Ergashev eʼlon qilgan hukmga koʻra.
Olimjon Haydarovning ayblovidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi chiqarilib, O. Haydarov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Unga Jinoyat kodeksining 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi zimmasiga ijtimoiy tarmoqlardagi Olimjon Haydarovga tegishli barcha kanal, sahifa va guruhlarni hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng oʻchirilishi (bloklanishi) ni taʼminlash yuklatildi.
Jabrlanuvchi S.M. ga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar undirish boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmaganligi sababli, moddiy va maʼnaviy zarar undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirilgan.
Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan tartib va muddatda Fargʻona viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish huquqi mavjudligi maʼlum qilinadi.



